Talaba qo‘shningiz bormi?
Birinchi kurs talabasi edim. Fakultetimizning yonidan kirib ketgan ko‘chada bir hovlida kursdoshim Muzaffar bilan bitta xonada yashardik. Stipeniyani kvartiraga to‘lar, uydan kelgan pul bilan kun o‘tkazardim. Hali mustaqil yashash ko‘nikmalarini to‘liq o‘zlashtirmaganimiz uchun pulimni tezda sarflab qo‘yar, shuning uchun baʼzida och qolib ketardik. Uy egasidan yoki do‘stlarimizdan so‘rashga g‘ururimiz yo‘l qo‘ymas, och bo‘lsak damimizni chiqarmay […]